Mirshakar
Mirshakar (taxallusi; asl ism-sharifi Mirshakarov Mirsaid) — tojik shoiri, drammaturg. Tojikiston xalq shoiri (1962). Tojik adabiyotida sheʼriyatning epik janrlarini rivojlantirgan. „Zafar bayrogʻi“ (1934) dostonida Vaxshdagi qurilishlar aks etgan. Xalq afsonasi asosida yaratilgan „Oltin qishloq“ (1942) dostoni tojik sheʼriyatining eng yaxshi namunasidan biri hisoblanadi. „Notinch panj“ (1949), „Muhabbat va burch“ (1962) va boshqa dostonlarida tojik xalqi hayotidagi tarixiy voqealar ifodalangan.
Mirshakar „Oltin qishloq“ (1949), „Usmonov fojiasi“ (1975) va boshqa drammalar, „Ilhom“ sheʼriy toʻplami (1967), „Yoshlik ayyomi“ (1972) kitobi va boshqa asarlar muallifi. Mirshakar tojik bolalar adabiyotining asoschilaridan. „Ishq ustozi“ (1945), „Mening shahrim“ (1963) pyesalari keng ommalashgan. „Oltin qishloq“ (1948), „Biz pomirdanmiz“ (1968) kitoblari oʻzbek tilida nashr qilingan.
Pyesalari
Dramaturg
Filmografiyalari
Ssenariychi
Dokumental’nyye fil’my o zhizni i tvorchestve
Mukofatlari
Xotira
Manbalar
uz.wikipedia.org