Mirsanjali




Mirsanjali — Fargʻona guruhiga mansub mahalliy oʻrik navi. Daraxti balandligi 6 m, 70—150 yil yashaydi. Yosh novdalari ingichka. Iyun oyining oxirida mevalari barobar pishib yetiladi. Pusti yupqa, mevasi oʻrtacha qattiq, yuzasi bir oz tukli, tuyey sariq. Eti sariq, may-in, xushboʻy, shirin, tarkibida 13—21% qand, 0,8—1,2% kislotalar, 18—23% quruq modda bor. Danagi etidan yaxshi ajraladi. Koʻchat ekilgach, 4—5-yili hosilga kiradi. Sovuqqa chidamsiz. Yangiligida isteʼmol qilinadi, quritiladi. Yuqori sifatli bargak va sharbat tayyorlanadi. Asosan, Fargʻona vodiysida ekiladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz