Mirsaid Mirshakarov




Mirshakar (taxallusi; asl ism-sharifi Mirshakarov Mirsaid) — tojik shoiri, drammaturg. Tojikiston xalq shoiri (1962). Tojik adabiyotida sheʼriyatning epik janrlarini rivojlantirgan. „Zafar bayrogʻi“ (1934) dostonida Vaxshdagi qurilishlar aks etgan. Xalq afsonasi asosida yaratilgan „Oltin qishloq“ (1942) dostoni tojik sheʼriyatining eng yaxshi namunasidan biri hisoblanadi. „Notinch panj“ (1949), „Muhabbat va burch“ (1962) va boshqa dostonlarida tojik xalqi hayotidagi tarixiy voqealar ifodalangan. Mirshakar „Oltin qishloq“ (1949), „Usmonov fojiasi“ (1975) va boshqa drammalar, „Ilhom“ sheʼriy toʻplami (1967), „Yoshlik ayyomi“ (1972) kitobi va boshqa asarlar muallifi. Mirshakar tojik bolalar adabiyotining asoschilaridan. „Ishq ustozi“ (1945), „Mening shahrim“ (1963) pyesalari keng ommalashgan. „Oltin qishloq“ (1948), „Biz pomirdanmiz“ (1968) kitoblari oʻzbek tilida nashr qilingan.

Pyesalari



Dramaturg

Filmografiyalari



Ssenariychi

Dokumental’nyye fil’my o zhizni i tvorchestve

Mukofatlari




Xotira




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz