Mirpoʻstin ota jome masjidi
Mirpo'stin ota jome masjidi — Andijon viloyatining Andijon shahri Mirpo'stin mahallasi Maybog'cha ko'chasida joylashgan shu nomli masjid va ziyoratgoh.
Ziyoratgoh tarixi
Ushbu masjidda joylashgan ziyoratgohga Xo'ja Ahror Valiyning izdoshlaridan biri bo'lgan, XVI asrda yashab o'tgan hazrat Hisomiddin (Asomiddin ham deyiladi) avliyo ya'ni Mirpo'stin ota dafn etilgan.
Rivoyat
Rivoyatlarga ko'ra, Xo'ja Hisomiddin doim bir po'stinda yurganligi uchun el-yurt orasida "Birpo'stinli ota" nomi bilan tanilgan. Keyinchalik, oradan yillar o'tishi bilan uning nomi "Mirpo'stin" shaklida talqin etila boshlangan.
Biroq ayrim ma'lumotlarga asosan hazrat Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) xonadonlariga mansub sayyidlar avlodidan bo'lganligi uchun ularning ismiga "Mir" so'zi qo'shilgan bo'lishi mumkin.
Masjid arxitekturasi
Masjidning to'g'ri burchakli ustunli xonasi uch tomonli ayvon bilan mutanosib qurilgan. Xom g'ishtdan ishlangan qo'sh sinchli binoning poydevori sifatida terilgan. Ustunli, to'sinli konstruksiya masjid tomini tekkis bo'lishiga xizmat qilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org