Mironov Nikolay Nazarovich




Nikolay Nazarovich Mironov (1870.11.10, Samara gubernyasi — 1952.6.7, Moskva) — kompozitor, dirijyor, folklorshunos, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat ar-bobi (1930), Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Margʻilon shahridagi harbiy orkestr dirijyori (1887-yildan), ke-yinchalik Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent shaharlarida konsert guruxlarining tashkilotchisi va rahbari. 1904-yildan Turkiston, Gʻarbiy Sibir, Qrim, Kavkaz va boshqa joylarga folklor ekspedi-siyalarni tashkil k.ilgan va yuzlab xalq kuy va qoʻshiklarini yozib olgan. Samarqand musiqa va xoreografiya instituti tashkilotchilaridan va direktori (1928—32), Oʻzbek davlat filarmoniyasi xalq cholgʻulari orkestri dirijyori (1936—38). Kompozitorlik ijodidan 4 opera, 3 musiqali drama, simfonik, vokalsimfonik, xor va kamer asarlari oʻrin olgan. Oʻzbek, tojik, rus, qalmoq va boshqa xalqlar kuylarini kayta ishlagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz