Mirobid Inoyatov




Inoyatov Mirobid (1889, Toshkent — 1937) — davlat va jamoat arbobi, qatagʻon qurboni. 1916 y. Turkistondagi milliy ozodlik harakatida faol qatnashgan. Toshkent Eski shahar ken-gashi ijroqoʻmi raisi (1918), Toshkent Eski shahar shoʻro kengashi raisi (1919), Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissari (1920), Turkiston XKSning Moskvadagi muxtor vakili oʻrinbosari (1923), Turkmaniston Moliya xalq komissari (1926), Oʻzbekiston SSR Savdo xalq komissari (1933) vazifalarida ishladi. Keyinroq Tojikiston Yer ishlari va moliya xalq komissari etib tayinlandi (1935). Biroq hayotini xalqi, Vatani ozodligi yoʻlida sarf etgan I.ga ham "xalq dushmani" tamgʻasi bosildi va otishga hukm etildi. 1956 y. oklangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz