Mirko Pigliacelli




Mirko Pigliacelli (talaffuzi:  Mirko Pigliachelli) (1993-yil 30-iyunda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Mirko Pigliacelli B Seriya vakili „Palermo“ klubi darvozaboni hisoblanadi.

Klublardagi oʻyin faoliyati



Mirko Pigliacelli „Roma“ klubi yoshlar akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2012-yilda Mirko Pigliacelli A Seriya vakili „Parma“ klubiga oʻtdi. 2012—2013-yilgi mavsumda Mirko Pigliacelli B Seriya vakili „Sassuolo“ jamoasiga ijaraga berildi. Mirko Pigliacelli „Sassuolo“ klubi safida faqat bir marta oʻynadi, chunki klub A Seriyaga koʻtarildi. 2013—2014-yilgi mavsumda Mirko Pigliacelli yana B seriyada, bu safar „Pescara“ klubida ijara shartnomasi asosida oʻynadi.

2014-yilda Mirko Pigliacelli B Seriyaning yangi aʼzosi „Frosinone“ klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. 2015-yil 26-yanvarda Mirko Pigliacelli klub bilan kelishuv shartnomasiga imzo chekdi.

Keyin Mirko Pigliacelli 2015-yilning yozida erkin agent sifatida „Pescara“ klubiga qoʻshildi va mavsumning qolgan qismida darhol „Pro Vercelli“ klubiga ijaraga berildi. 2018-yilning 3-yanvarida Mirko Pigliacelli yana „Pro Vercelli“ klubiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.

Universitatea Craiova



2018-yilning 30-iyunida Mirko Pigliacelli „Universitatea Creiova“ klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. Ruminiya I ligasining eng kuchli darvozabonlaridan biriga aylanganidan soʻng, 2018-yil 18-dekabrda „oq-koʻklar“ Mirko Pigliacelli bilan shartnomani uzaytirganliklarini eʼlon qilishdi. Darvozabon 2022-yilgacha amal qiladigan 300 000 yevrolik yangi shartnoma imzoladi.

Tuttomercato maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Mirko Pigliacelli A Seriyaning "Torino ", „Cagliari“ va "Parma " klublaridan kelgan transfer takliflariga qiziqish bildirgan.

Italiyaga qaytish



2022-yilning 22-iyulida Mirko Pigliacelli B seriya vakili „Palermo“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz