Mirko Hrgović
Mirko Hrgović (talaffuzi: Mirko Xrgovich; 1979-yil 5-fevralda tugʻilgan) — bosniyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Hozirda HNK Šibenikda yordamchi murabbiy boʻlib ishlaydi. Hrgović faoliyatining asosiy qismini Xorvatiya vakili Hajduk Split va Dynamo Zagreb hamda Germaniya Bundesligasining VfL Wolfsburg klublarida oʻtkazgan
Klublardagi faoliyati
NK Široki Brijeg
Hrgović Xorvatiyada oʻyinlari eʼtiborga olinmaganidan keyin Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻynashga qaror qilgan. Bosniya-Gersegovinaning NK Shiroki Brijeg klubida oʻynab, Bosniya va Gersegovina fuqaroligini oldi va Blaž Sliškovićning taklifini qabul qildi. Bosniya va Gersegovina Premyer-ligasida Posušje va NK Široki Brijeg, J1 ligasida Gamba Osaka va JEF United Chiba, Germaniya Bundesligasida VfL Wolfsburg, 1.NHLda Hajduk Split, Zagrebning Dinamo klublarida oʻynagan
NK Dynamo Zagreb
2008-yilning 18-iyulida Hrgović Dynamo Zagreb bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. „Hajduk“dan „Dynamo“ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tmagan bo‘lsa-da, „Hajduk“ va „Dinamo“ muxlislari o‘rtasida ancha bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Hrgovićga nisbatan oʻlim bilan tahdid qilish (shu jumladan, uning qoʻgʻirchogʻi „Dynamo“ stadioni panjarasiga osib qoʻyilgani) qayd etilgan.
Greuther Fürth
2009-yil 17-iyulda SpVgg Greuther Fürth bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va 2009-yil 25-noyabrda klubni tark etdi.
NK Široki Brijeg
Hrgović 2010-yil mart oyida oʻzining sobiq klubi NK Široki Brijeg bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
Hrgović Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 2003-yil fevralida Uelsga qarshi safarda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. Terma jamoa safida jami 29ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan. 2006-yilda Blaž Slišković isteʼfoga chiqqanidan soʻng yangi murabbiy Fuad Muzurović qoʻl ostida, keyin esa Meho Kodro boshchiligida bir qancha uchrashuvlarda oʻynadi. Miroslav Blaževich murabbiy boʻlganida va Hrgović oʻz klubida yaxshi oʻynamagani uchun bir necha oʻyinga chaqirilmadi. Lekin Estoniya va Ispaniyaga qarshi soʻnggi JCh-2010 saralashida Bosniya jamoasiga chaqirildi. Soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2009-yil oktyabr oyida FIFA Jahon chempionati saralashida Ispaniyaga qarshi boʻldi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Milliy terma jamoa
Xalqaro gollar
Bosniya va Gersegovinaning gollari hisobi va natijalari birinchi boʻlib:
Manbalar
uz.wikipedia.org