Mirjamol Qosimov
Mirjamol Mirjalolovich Qosimov (1995-yil 24-sentyabr, Toshkent) — oʻzbek futbolchisi, „AGMK“ klubi yarim himoyachisi.
Mirjamol Qosimovning otasi mashhur sovet va oʻzbek futbolchisi, hozirda murabbiy — Mirjalol Qosimov.
Futbolchilik faoliyati
Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2011-yildan boshlab u klubning asosiy jamoasiga jalb qilina boshladi. Hozirgi kunda „AGMK“da oʻynamoqda. 2015-yilda unga Kievning „Dinamo“si qiziqish bildirgan va Mirjamol Qosimov bir muddat Kiyevga tashrif buyurib, Dinamo mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. 2016-yilning yanvar oyida bir muddat Olmaliq klubi yigʻini va oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashdi.
2015-yilda yoshlar terma jamoasi tarkibida U20 jahon chempionatida qatnashgan va toʻrtta oʻyin oʻtkazib Fiji U20 jamoasiga bitta gol urgan.
Yutuqlari
O'zbekiston Chempioni: 2011, 2013
O'zbekiston Kubogi sohibi: 2012, 2013
O'zbekiston Superkubogi sohibi: 2014
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org