Mirjahon Mirahmadov




Mirjahon Mirahmadov — 1997-yil 15-iyulda tugʻilgan. Oʻzbekistonlik futbolchi. AGMK futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Bunyodkor (2016)



Mirahmadov 2016-yil Bunyodkor safiga qoʻshildi.

Obod (2017–2018 ijara)



Bunyodkordan ijara asosida oʻtgan Mirahmadov Obod safida 2017–2018-yillarda toʻp surdi. 2018-yilda umumiy 3ta oʻyinda 54 daqiqa maydonda oʻynadi. 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bunyodkor (2019–2022)



2019-yil Mirahmadov ijaradan qayti va 2019-yilgi mavsumda 7ta gol urdi. 1853 daqiqa oʻynab birorta ham golli uzatma amalga oshira olmadi. Vadim Abramov boshchiligidagi Bunyodkor klubi va Mirahmadov 2019-yil bronza medali hamda OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Mirahmadov mavsum oʻyinchisi boʻldi.

Paxtakor (2022)



Paxtakorga qarshi 4 marta gol urgan urgan Mirahmadov 2022-yil boshida erkin agent sifatida sherlar bilan ikki yillik shartnomani imzoladi. „Navbahor“dan ham taklif boʻlgan edi. 2022-yilda klubda yarim mavsum oʻynadi. Hujumchi „sherlar“ safida Superligada 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi. Ichki chempionatda raqiblar darvozasini ishgʻol qila olmadi. Osiyo chempionlar ligasida doirasida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi va faqat „Al-Taavon“ga qarshi o'yinda 1ta gol urdi.

AGMK (2022–)



Erkin agent maqomida bo'lgan hujumchi Mirjahon Mirahmadov AGMK futbol klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. Lokomotiv klubiga qarshi dubl qayd etdi.

Terma jamoa



Oʻzbekiston U20 terma jamoasida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan. Oʻzbekiston U23 terma jamoasi safidagi ilk debyutini 2019-yil 22-mart kuni Hindistonga qarshi bahsda oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti



Mirahmadov Edinson Kavani, Zlatan Ibrahimović va Luis Suárezning muxlisi.

Faoliyat stasistikasi



Klublarda




Terma jamoada




Yutuqlari



Bunyodkor : Oʻzbekiston Superligasida bronza medali (2019-yil);

Bunyodkor : Superliganing 2019-yil mavsum oʻyinchisi (2019-yil);

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz