Miriy




Miriy (1778—1829-yillarda yashab ijod qilgan) — oʻzbek shoiri, yozuvchisi va tarixchisi.

Tarjimai hol




Miriy — Mangʻit oʻzbek urugʻidan boʻlgan tarixchi .

Mir Husaynning taxallusi. Mir Husayn 1785-yilda dunyoga keladi. U Buxoro amiri Shohmurodning oʻgʻillaridan biri edi.

Miriyning piri ustozlari Shayx Niyozquliy, Nadr Boqiy, Shayx Miyon Fazl Ahmad edi.

Mir Husayn 1796-yilda otasi bilan Xuroson yurishida ishtirok etgan.

1798-1799-yillarda Samarqandga hokim etib tayinlanadi, bu lavozimni 1817 yoki 1821-yilgacha oʻzida saqlab qoladi.

1817-yilda u xotinining Shahrisabzdagi qarindoshlari huzuriga qochib, keyin Qoʻqondan panoh topadi.

Ijodiy faoliyati



Mir Husayn “Mahazin at-taqvo” – “Taqvo xazinasi” tarixiy asar muallifi edi. Asarda Buxoro amirlari tarixi va Buxorodagi soʻfiylik tarixi keng yoritilgan.

Miriy she’r bastalagan va Qoʻqon xoni Umarxon she’riyat antologiyasiga kiritilgan.

Tarixchi olim 1825-yildan keyin vafot etdi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz