Mirhoji Asqarov




Mirhoji Asqarovich Asqarov (1931.30.4 – Toshkent — 23.12.2000) – kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), kimyo fanlari doktori (1967), professor (1968). Moskva yengil sanoat texnologiyasi institutini bitirgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Po-limerlar kimyosi institutida laboratoriya mudiri (1959–67), shu institut direktorii (1962-64), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo institutida po-limerlarni sintezlash laboratoriya mudiri, il-miy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1967–72), shu institut direktori (1972–82). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutida boʻlim mudiri (1982). Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida kafedra mudiri (1983–88), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida direktor (1988–93), boʻlim mudiri 738(1993-yildan). A. sintetik polimerlar olish va ularni plastmassalar sohasida qoʻllash borasida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning rahbarligida aromatik diaminlarni alifatik ikki asosli kislotalar bilan polikondensatlab yukrri haroratga chidamli plastmassalar olingan. A. 50 dan ortiq yangi monomerlarning po-limerlanish kinetikasi va mexaniz-mini oʻrganish natijasida xossalari barqarorlashtirilgan karbonzan-jlrli plastmassalarni barpo etgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz