Mirg‘iyosov Turdi




MIRGʻIYOSOV Turdi (1896-1951) - oʻzbek havaskor
arxeolog va etnograflaridan. Toshkentda tugʻilgan. Toʻqmoq shahri (Qirgʻiziston)da yangi usuldagi maktabni (1908), diniy maktabni (1913) tamomlab, oʻqituvchilik qilgan. 1926-yildan umrining oxirigacha Oʻrta Osiyo tarixi muzeyi (hozirgi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi)da katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1927-29 yillarda dunganlar haqida etnografik ma’lumot toʻplagan.
Toʻytepadagi Nukat shahar xarobasini akademik Yahyo Gʻulomov bilan tadqiq etib, u yerdan qadimiy zardushtiylarning nekropoli (qabristoni), ostodonlarni topgan (1937). 1930-yilda Leypsig xalqaro koʻrgazmasiga etnografik material toʻplagan. 1942-yilda Oʻrta Osiyo xalqlarining turmushi va madaniyatiga bagʻishlangan
koʻrgazma tashkil etgan. Mirgʻiyosov toʻplagan qimmatli materiallar Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanmoqda.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz