Mirg‘iyos Zoidov
Mirg‘iyos Abbosovich Zoidov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. Iqtisodiyot fanlari doktori, SSSR Oliy Kengashining 7-, 8- va 9-chaqiriqlari deputati.
Biografiyasi
Mirg‘iyos Abbosovich Zoidov 1930-yil 13-mayda Toshkentda tug‘ilgan. 1953-yildan KPSS (b) (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan. Shuningdek, Zoidov Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
Mirg‘iyos Abbosovich 1951-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1951-1990-yillarda oʻrta maktab oʻqituvchisi, komsomol ishchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitasi kotibi vazifalarida ishlagan. Shuningdek, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti boʻlim mudirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent sanoat komitetining 2-kotibi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika Kengashi raisi, Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSRning Mehnat va ijtimoiy masalalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Taftish komissiyasi raisi hamda Oʻzbekiston SSR Xalq taʼlimi vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, Zoidov SSSR Oliy Kengashining 7-, 8- va 9-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Taniqli sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Zoidov ayni vaqtda nafaqada.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org