Mirboʻtabiy madrasasi
Mirboʻtabiy madrasasi (Mirboʻtabek madrasasi; 1799-yilda qurilgan
) — Qoʻqon xonlaridan Erdonabiyning oʻrtancha oʻgʻli Mirboʻtabiy tomonidan barpo ettirilgan madrasa. Yangi Chorsu mavzeida, Mir madrasasi qarshisida joylashgan edi. Xos madrasa turkumiga kiradi. Mullo Abdulhakim oxund mullo Abdulhalim Choyfurush oʻgʻli bosh mudarris boʻlgan. 12 ta hujra, 25 nafar talaba hamda 3 nafar mudarris boʻlgan. Hududda 8-maktab qurilishi tufayli XX asrning boshlarida buzib yuborilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org