Mirazizbek Mirzaxalilov




Mirazizbek Mirzakarimovich Mirzaxalilov (1995-yil 27-fevral, Quva, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, eng yengil, ikkinchi yengil va yarim yengil vazn toifalarida ishtirok etib keladi. Jahon chempioni (2019), Osiyo oʻyinlari chempioni (2018), Osiyo chempioni (2019), Havaskorlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2021).

Havaskorlik faoliyati



U 2014-yildan buyon havaskor boks bilan shugʻullanib keladi. Mirazizbek Mirzaxalilov eng yengil vazn toifasida ishtirok etib keladi.

2018-yilda Jakartada boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, finalda KXDR sportchisi Xyo Nam Yo ustidan gʻalaba qozonib, yengil vaznda u oltin medalni qoʻlga kiritadi.

2019-yilda Bangkokdagi Osiyo chempionatida u qitʼamiz chempioni boʻldi, finalda hindistonlik bokschi Kavinder Singht Bishtni magʻlub etadi.

2019-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Mirazizbek hal qiluvchi jangga chiqdi va u kubalik bokschi Lazaro Alvaresni yutib, oltin medal va chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi.

Professionallik faoliyati



2021-yilning 3-aprelida u mahoratli tanzaniyalik Tasha Mjuadjini (17-7-2) 1-raundda nokaut qilib, professional faoliyatini boshlagan.

2021-yil Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida Mirazizbek Mirzaxalilov 1/8 final bahsida raqibi irlandiyalik Kurt Uokerga imkoniyatni boy berib qoʻyadi.

2022-yilning mart oyida boks boʻyicha Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sportchilari oʻrtasida oʻtkazilgan lisenzion turnirda 57 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzaxalilov turnir mezboni bokschisi Mohamma Alvadiga qarshi ringga koʻtarilgan edi. Mirzahalilov raqibi ustidan ishonchli tarzda 5:0 hisobida gʻalaba qozonadi.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz