Miraziz Aʼzam




Miraziz Aʼzam (1936-yil 29-mart; Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — bolalar va kattalar shoiri, publitsist, tarjimon, adabiyot targʻibotchisi. Toshkent Davlat dorilfununi bitiruvchisi, Toshkent telestudiyasida, „Gʻuncha“ bolalar oynomasida, „Yosh gvardiya“, Gʻafur Gʻulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlab kelgan. Ko‘p yillar Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib xizmat qilgan.

Miraziz Aʼzamning birinchi sheʼri talabalik davrida yozilgan „Gʻalati tush“ (1960) nomi bilan chop qilingan. „Gʻalati tush“ 1972-yilda alohida kitob holiga keltirilib, bolalarga sovg‘a qilingan.

Bolalar uchun sheʼriy toʻplamlari




Bu asarlarda shoir bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulugʻlashga intiladi.

Kattalar uchun sheʼriy toʻplamalari




Uning sheʼrlarining maʼlum qismalari o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi. Shoir ana shu sheʼriy to‘plamlaridagi eng yaxshi sheʼrlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o‘zining „Haqiqatning ko‘zlari“ (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o‘quvchilariga havola etgan.

Miraziz Aʼzamning turk, rus, nemis adiblarining asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, islom madaniyatiga oid tarjimalari ham mashhurdir.

Mukofotlari



Miraziz Aʼzam „O‘zbek tili va adabiyoti“ jurnalidagi Hamza haqida berilgan savollarga javoblari, „Sharq yulduzi“da bosib chiqillgan „Amir bobomiz ufqlari“ nomli maqolalari va Murod Oʻrozning „Turk asotirlari“ kitobining tarjimasi uchun 1993-yilda xalqaro Mahmud Qashgʻariy nomidagi mukofot, 2007-yili Makedoniya poytaxti Skopye shahrida boʻlib oʻtgan turkiy sheʼriyat festivalida Mavlona Jaloliddin Rumiy kabi mukofotlar bilan taqdirlangan. Shoir, shuningdek, 1993-yilning dekabr oyida Turkiya Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkilotning O‘zbekistondagi ramzi sifatida eʼtirof etilgan. 2023-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz