Mirali Doʻst Rafiqiy
Mir Ali Doʻst Rafiqiy (15-asr) – xurosonlik fors shoiri, Husayn Boyqaroning beklaridan Alaykabekning nabirasi. Ushbu shoirning nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning muloyim tabʼli yigit ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:
Davoyi dardi dili xeshro koʻjo joʻyam,
Koʻjo ravam, chi kunam, holi dil kiro goʻyam[2]?
(Mazmuni: Dilim dardining davosini qayerdan qidiray, qayerga boray, nima qilay, dilim ahvolini kimga aytay?)
Manbalar
uz.wikipedia.org