Mirai (film)
Mirai (yaponcha: 未来のミライ?) – Mamoru Xosoda tomonidan ishlab chiqilgan va rejissyorlik asosida filmlashtirilgan hamda Studio Chizu tomonidan ishlab chiqarilgan 2018-yildagi yapon animatsion sarguzashtli fantastik komediya filmi hisoblanadi. Uning premyerasi 2018-yil 16-mayda Rejissorlar primyerasining ikki haftaligida boʻlib oʻtdi va Yaponiyada 2018-yil 20-iyulda namoyish etildi. Filmda bosh rollarni Moka Kamishiraishi, Haru Kuroki, Gen Xoshino, Kumiko Aso, Mitsuo Yoshihara, Yoshiko Miyazaki, Koji Yakushoya va Masaxar Fukuya ijro etgan.
U 2018-yil 23-avgustda Avstraliyada, 20-sentabrda Yangi Zelandiyada va 2-noyabrda Buyuk Britaniya va Irlandiyada taqdim etilgan. U 29-noyabr kuni AQSh va Kanadada ham namoyish etilgan. Film 76-Oltin globus mukofotining eng yaxshi animatsion filmi, 24-tanqidchilar tanlovining eng yaxshi animatsion filmi va 91-Oskar mukofotining eng yaxshi animatsion filmi nominatsiyasiga nomzod boʻlib, bu kategoriya boʻyicha Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan oltinchi anime filmi va Ghibli boʻlmagan birinchi anime filmidir. Film, shuningdek, 46-Enni mukofotlari marosimida „Eng yaxshi animatsion film – Independent“ nominatsiyasida gʻolib chiqdi.
Syujet
Kun – rahbar lavozimida ishlovchi onasi va meʼmor (arxitektura) sohasida ishlovchi otadan tugʻilgan 4 yoshli bola hisoblanib, ular oila Kanazava-ku, Yokogama shahridagi zinapoyali uyda yashaydi, Kunning otasi uyni qadimiy oilaviy daraxt atrofida birlashtirgan va u yerda Kun har kunini oilaviy hayvoni it Yukko va oʻyinchoq poyezdlari bilan oʻynab oʻtkazadi. Kunning singlisi, yaponcha „kelajak“ degan maʼnoni anglatadigan Mirai tugʻildi va u avvaliga xursand boʻladi, lekin ota-onasi butun eʼtiborini unga qaratganda, tez orada hasad qiladi. U ota-onasiga, ayniqsa, otasiga nisbatan xafa boʻlib, onasining masofaviy ish tugab onasi ofisga qaytib ishlashga toʻgʻri kelganida Kun oʻzini yolgʻiz his qiladi va ota-onasiga nisbatan jahl qilish munosabatda boʻladi.
Kun bir necha shunday vaziyatdan(ota-onasini singlisidan qizgʻonishi) keyin uyning bogʻiga yoʻl oladi va u yerda oʻzini uyning „shahzodasi“ deb daʼvo qiladigan gʻalati bir odamga duch keladi. Erkak Kun tugʻilganda qanday qilib unga boʻlgan butun eʼtibor yoʻqotib qoʻyilganligi haqida nolir ekan, Kun bu odamning aslida Yukko odamga aylanganini tushunadi. U odamda Yukkoning dumini topadi; uni olib tashlab, oʻziga qoʻyganda, u itga aylangan holatga tushadi.
Hinamatsuri (Qizlar kuni) kuni oila Miraiga omad tilash uchun anʼanaviy qoʻgʻirchoqlarni oʻrnatadi. Kunning otasi bayram tugaganidan keyin qoʻgʻirchoqlarni olib qoʻyishga va uni joylashtirishga eʼtibor bermaydi. Ota-onasi eʼtibor bermayotganidan oilasidan yana hafsalasi pir boʻlgan Kun yana bogʻga yuguradi. Bu safar u oʻzini kelajakdan Miray deb daʼvo qiladigan 14 yoshli qizni uchratadi, uni Kun oʻng qoʻlidagi tugʻma belgisidan tanib oladi. Miray qandaydir tarzda oʻz vaqtida qaytib keladi va qoʻgʻirchoqni olib qoʻyishga Kunni daʼvat qiladi, chunki har bir qoʻgʻirchoq olinmagan kun turmushga chiqishiga bir yil kechiktiradi degan afsona mavjud boʻladi. Kelajakdan kelga Miray Kun va Yukkoning yordami bilan qoʻgʻirchoqlarni joyiga qoʻyishga urinishadi.
Kunning onasi unga 6 yoshligida tushgan suratlarini koʻrsatadi, lekin u onasiga qiyinchilik tugʻdirishda davom etadi. Bogʻda yana Kun koʻp yillar oldinga oʻtmishga qaytadi. Shaharda u suratlardan onasi sifatida tanigan kichkina qizga duch keladi. Qiz buvisiga uy mushukini bermagani uchun jahli chiqadi . Kunning onasi buvisining tuflisi ichida undan uy hayvonlari mushukini soʻrab yozuv qoldirib ketadi. Ular uyga qaytishadi, u yerda kichkina qiz oʻyinchoqlarni polga, ovqatni esa stol ustiga tashlaydi va shoʻxlik qiladi. Onasi Kunning buvisi qizaloq yigʻlayotganda jahl bilan tanbeh beradi. Kun hozirgi kunga qaytadi va endi onasiga hamdardlik bildiradi, lekin hamma narsadan shikoyat qilishda davom etadi.
Kun onasining tuflisida velosiped soʻrab qogʻoz qoldiradi va sovgʻa sifatida tirgakli gʻildiraklari boʻlgan velosiped oladi, lekin kattaroq bolalarni koʻrib, gʻildiraksiz haydashni oʻrganmoqchi boʻladi. Otasi unga yordam beradi, lekin Kun velosipedni tik ushlab turolmaydi. U yana oʻtmishga uyidagi bogʻdagi daraxt orqali qaytadi, bu safar Yaponiya qishloqlaridagi ustaxonaga tushib qoladi. Oyogʻi shikastlangan yigit Kunni ustaxona yonidagi otlardan biriga, soʻng mototsikliga mindiradi. Shundan soʻng Kun hozirgi kunga kelib, Kun oʻrgangan narsalaridan foydalangan holda velosipedda muvaffaqiyatli mina oladi. Kunning onasi unga fotosuratlarni koʻrsatib, bu odam uning yaqinda vafot etgan bobosi ekanligini koʻrsatadi.
Kunning oilasi bir kunlik sayohatga borishga qaror qiladi. Kun oʻzining kiyimiga mos tushadigan pastki kiyimini kir yuvish mashinasida ekanligidan noliydi va aynan shu kiyimni kiyishni xohlaydi. Bogʻdagi daraxt yana uni boshqa joyga teleport qiladi va bu safar u temir yoʻl stantsiyasini topadi (Isogo stantsiyasi). 18 yoshli yigit uni poyezdga chiqmaslik haqida ogohlantiradi, lekin Kun unga boʻysunmaydi. Poezd uni Tokio vokzaliga olib boradi, u yerda yolgʻiz qolishdan vahima boshlanadi. U qoʻngʻiroq qilish uchun qarindoshining ismini talab qiladigan xizmatchi topadi va Kun oʻz ota-onasining ismlarini ham bilmasligini tushunib yetadi. Xizmatchi Kunni poyezdga joʻnatadi va agar ular uni olib ketish uchun hech kim topa olmasalar, uni „Yolgʻiz oʻlka“ga olib borish uchun oʻsha poyezdga chiqishlari kerakligini aytadi. Kun goʻdak Mirayni poyezdga chiqmoqchi boʻlganini koʻrib qoladi va uni qutqaradi. Shu nuqtada, u nihoyat uning akasi ekanligini tan oladi.
Chaqaloq Mirai gʻoyib boʻladi va boʻlajak Mirai havoda uchib, Kunni uyiga olib ketish uchun keladi. Ular oilaning oʻtmishi joylashgan daraxtga qoʻnishadi. Kun otasining jismonan yoshligida velosiped haydashga ojiz boʻlganini, Yukko onasidan ajratilib uy hayvoniga aylanganini, Kunning onasi qushni oʻldirgan mushukni koʻrib, mushuklarni yoqtirmay qolganini va bobosi kemasi halokatga uchrab Ikkinchi jahon urushidan chiqib uyga qaytgan bobosini koʻradi. Kun ham kelajakni koʻradi va Isogo stantsiyasidagi odam kelajak Kun oʻzi ekanligini tushunib yetadi. Hozirgi kunga qaytgan Kun dunyoqarashi kengroq boʻlgan bolaga aylanadi va shundan soʻng Kun oilasi bilan sayohatga chiqadi.
Ovoz berish
Voiced by: Moka Kamishiraishi; Tasuku Hatanaka (adult) (Japanese); Jaden Waldman, Evan Smith (adult) (English)[14]
Voiced by: Haru Kuroki; Kaede Hondo (baby) (Japanese); Victoria Grace (English)[15]
Voiced by: Gen Hoshino (Japanese); John Cho (English)[16]
Voiced by: Kumiko Aso; Sakura Saiga (young) (Japanese); Rebecca Hall, Madigan Kacmar (young) (English)[17][18]
Voiced by: Mitsuo Yoshihara (Japanese); Crispin Freeman (English)[19]
Voiced by: Yoshiko Miyazaki (Japanese); Eileen TʼKaye, Valerie Arem (young) (English)[20]
Voiced by: Koji Yakusho[6][7] (Japanese); Victor Brandt (English)[21]
Voiced by: Masaharu Fukuyama (Japanese); Daniel Dae Kim (English)
Voiced by: Asami Sanada (Japanese); Stephanie Sheh (English)
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org