Mirahmetjan Muzepper




Mirahmetjan Muzepper (1991-yil 14-yanvarda Qashgʻarda tugʻilgan), Metjan nomi bilan ham tanilgan, xitoylik professional futbolchi boʻlib, hozirda Xitoy Superligasining "Shanhai Port" klubida oʻynaydi. U 2018-yili Xitoy milliy futbol jamoasida oʻynagan ilk uygʻur futbolchisi boʻlgan.

Klubdagi faoliyati



Mirahmetjan Muzepper futbolchilar oilasida oʻsgan va oʻz faoliyatini Shinjon viloyati jamoasida oʻynagan. 2010-yilning 18-aprelida Henan Construction jamoasi tarkibida „Jiangsu Sainty“ jamoasiga qarshi liga oʻyinida kattalar safida debyut qilgan.

oʻzining oʻtkazgan sermahsul mavsumdan soʻng Mirahmetjan 2011-yil Xitoy Superligasi boshida Shandong jamosiga qaytgan va 1-aprel kuni „Chengdu Blades“ jamosiga qarshi liga oʻyinida klub uchun birinchi marta maydonga tushgan.

2014-yilning 5-yanvarida Mirahmetjan Xitoy Superligasi vakili Henan Jianye tarkibiga erkin agent sifatida oʻtgan. 2016-yil 31-dekabr kuni Henan Jianye Muzepper shartnomasini uzaytirish boʻyicha muzokaralardagi kelishmovchilikdan soʻng klubni tark etganini rasman tasdiqlagan.

2017-yil 9-yanvarda Mirahmetjan Superliga vakili „Tianjin TEDA“ jamoasiga oʻtgan.

2020-yil yanvar oyida Mirahmetjan Superliga vakili „Shanhai SIPG“ klubiga oʻtgan.

Xalqaro faoliyati



Mirahmetjan 2009-yilda Xitoy U-20 terma jamoasiga chaqirilgan. 2010-yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. Xitoyning muvaffaqiyatli saralashidan soʻng u kattalar jamoasiga chaqirilgan. 2018-yil 7-sentyabrda Xitoy terma jamoasi safida Qatarga qarshi oʻyinda 74-daqiqada Gao Lin oʻrniga maydonga tushgan, bu esa uni Xitoy terma jamoasida maydonga tushgan ilk uygʻur futbolchisiga aylantirgan.

Faoliyat statistikasi



Klub statistikasi




Xalqaro statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz