Mirabal opa-singillar
Mirabal opa-singillar sifatida tanilgan Patria, Minerva va Mariya Terezalar 1930 yildan 1961 yilgacha Dominikan Respublikasini boshqargan Rafael Trujillo diktaturasiga qarshi kurash olib borishadi.
1960-yili opa-singil Miraballarning diktaturaga qarshi kurashi butun mamlakat bo'ylab keng tarqalib ketadi. Uch opa-singil va ularning haydovchisi Rufino de la Kruz 1960-yil 25-noyabr kuni diktaturaga qarshi muxolifligi sababli Trujillo tomonidan yollangan hukumat politsiyasi tarafidan to‘xtatiladi. Yollangan politsiyachilar opa-singillarga avval tajovuz qilishadi, kaltaklashadi va bo‘g‘ib o‘ldirishadi.
Qotillikdan keyin jasadlar voqeani maxfiy qolishi uchun mashinaga solinadi va baxtsiz hodisaga o'xshab ko'rinishi uchun jarlikdan uloqtirib yuboriladi. Fojia Trujilloga qarashli hukumat gazetasi El Caribe tomonidan avtohalokat sifatida jamoatchilikka ma'lum qilinadi. Biroq, Trujilloning bu urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Opa-singillar tomonidan asos solingan Clandestine(Yashirin)harakati opa-singillarning o'ldirilishidan bir yil o'tib, diktaturani ag'darilishida muhim rol o'ynaydi.
1999 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-noyabr opa-singil Miraballarning vafot etgan kuni munosabati bilan Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish xalqaro kuni deb e'lon qiladi.
Keyingi o'zgarishlar
2007-yilning 21-noyabr kuni opa-singillar yashagan Salsedo nomi Hermanas Mirabal provinsiyasi deb oʻzgartiriladi. 2019-yilda Manhattandagi Vashington Heightsdagi 168-koʻcha va Amsterdam avenyusining janubi-sharqiy burchagi Nyu-York shahar kengashi tomonidan “Mirabal opa-singillar yoʻli” deb e'lon qilinadi. 2021-yilda Dominikan Respublikasining Fransiyadagi elchisi Roza Ernandes de Grullón Parij shahrida 1960-yilgi Truxilo diktaturasi tomonidan o‘ldirilgan mashhur Dominikan qahramonlarining sharafiga nutq so'zlaydi. Ijtimoiy adolat va feminizm ramzi sifatida dunyo miqyosida tan olingan opa-singillar, bu harakatlari orqali kelajak avoldga qoldirgan ramziy merosini saqlab qolishni maqsad qilgan ko'plab tashkilotlar o'z faoliyatini olib borishmoqda. Bunday tashkilotlarga immigrant oilalarning hayotini yaxshilashga urinayotgan “Mirabal opa-singillar” madaniy va ijtimoiy jamoat markazini misol qilib keltirish mumkin.
Opa-singillarning qisqa biografiyasi
Manba
uz.wikipedia.org