Mir Yodgorbek




Mir Yodgorbek (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Xuroson mirzozodalaridan ekanligini aytib, “Sayfiy” taxallusi bilan ijod qilgani haqida maʼlumot beradi. Mir Yodgorbek amal va martabani tark qilib, tarki dunyolikni ixtiyor qilgan va ozgina gʻalla bilan kun kechirgan. Oʻzi kabi foniyvash kishilardan yordamini ayamagan. “Majolis un-nafois”da uning ikki bayti keltirilgan boʻlib, ulardan biri quyidagichadir:

Sarvi man sabz astu shirin, rost hamchun nayshakar,

Chun ba boloyi qaboyi barg nay bandad kamar[2].

( Mazmuni : Mening sarvim nayshakardek yosh, nihol kabi shirin va xushqomatdir, nayning barg kiyimlari ustidan kamar bogʻlaganidek beli bogʻlidir.)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz