Mir Said Bahrom
Mir Said Bahrom (
Mir Sayyid Bahrom ; X—XI asrlarda yashagan) — savdogar, islom dini arbobi. Xalq orasida avliyo sifatida tanilgan. Mir Said Bahrom haqida juda oz maʼlumot saqlangan. Qabri Karmanadagi Mir Said Bahrom maqbarasida.
Saqlanib qolgan maʼlumotlar
Karmanaga kelishi
Mir Said Bahrom ukalari Mir Said Ohu va Mir Said Jalol bilan islom dinini yoyish maqsadida qalandar sifatida Karmanaga kelgan.
Shaxsi
„Mir Said“ („Mir Sayyid“) — sayyidlarning amiri degan maʼnoni anglatadi. Mir Said Bahrom katta savdogar boʻlgan. U Karmanadan oʻtgan Buyuk Ipak yoʻli orqali Eron, arab davlatlariga borib savdo-sotiq bilan shugʻullangan. Orttirgan boyligidan ehsonlar qilib xalq orasida obroʻ-eʼtibor qozongan. Fiqh, tarix ilmlarini yaxshi bilgan. Umrining oxirida tasavvuf yoʻliga kirgan, xalq orasida avliyo sanalgan. Somoniylar sulolasining mahalliy vakili sifatida Karmana hokimi etib tayinlangan. Ayrim manbalarda Mir Said Bahrom Karmana hokimi (yoxud begi) boʻlganligi aytiladi, boshqa manbalar buni inkor etadi.
Ilk eslanishi
Mir Said Bahrom haqidagi ilk maʼlumotlar Abu Tohirxoja Samarqandiyning „Samariya“ asarida keltirilgan boʻlib, unda Mir Said Bahrom ulamo, din arbobi, taqvodor inson, karomatlar sohibi, avliyo sifatida taʼriflanadi. Shuningdek asarda Mir Said Bahrom silsilasi islom dini paygʻambari Muhammadga borib taqalishi haqida yozilgan.
Xotira
Mir Said Bahrom vafotidan soʻng unga atab maqbara va masjid qurilgan. Keyinchalik, Mir Said Bahrom maqbarasining yoni qabristonga aylangan. Bu qabriston XX asrning oʻrtalarigacha saqlangan boʻlib, Mir Said Bahrom qabristoni deb atalgan. Shoʻrolar davrida Mir Said Bahrom nomidagi masjid va qabriston buzib yuborilgan.
Hozirda Karmanadagi Mir Said Bahrom maqbarasi joylashgan koʻcha Mir Said Bahrom koʻchasi deb ataladi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Mir Said Bahrom haqida quyidagi ma'lumotlarni taqdim etishim mumkin:
Mir Said Bahrom O‘zbekistonda taniqli shoir, adib va madaniyat arbobi hisoblanadi. U asosan o‘zining badiiy asarlari, she'rlari va tarjimalari bilan keng auditoriyaga tanilgan. Uning ijodi O‘zbek adabiyoti rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan va u ko‘plab adabiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Mir Said Bahrom ijodida milliy qadriyatlar, insoniylik, vatanparvarlik kabi mavzular ko‘p yoritiladi. U o‘z asarlarida o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va urf-odatlarini chuqur o‘rganib, yangi avlod vakillariga yetkazishga harakat qilgan.
Shuningdek, Mir Said Bahrom ta'lim va madaniyat sohasida ham faoliyat yuritib, yosh adiblar va talabalar bilan ishlash orqali ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shgan.
Agar Mir Said Bahrom haqida qo‘shimcha, aniqroq ma'lumot yoki uning asarlaridan namunalar kerak bo‘lsa, iltimos, so‘rashingiz mumkin.