Mir Qarshiy
Mir Qarshiy — (taxminan XV asrda yashagan) shoir va sahhof. Fors-tojik tilida „Xatoiy“ taxallusi bilan ijod qilgan.
Hayoti va faoliyati
Asli Qarshilik, XV asrning 2-yarmidan keyin hayoti Samarqandda oʻtadi. Alisher Navoiy "Majolisu-n-nafois" tazkirasining ikkinchi majlisida u haqida maʼlumotlar keltirib oʻtadi: „Mir Qarshiyning Samarqand bozoridagi sahhoflik doʻkoni hamisha adabiyot ixlosmandlari bilan gavjum boʻlgan. Mir Qarshiy bu oʻziga xos adabiy anjumanga rahbarlik qilgan, rangin gʻazallar bitgan. Anʼanaga koʻra, fors-tojik tilida „Xatoiy“ taxallusi bilan ijod qilgan“. Alisher Navoiy asarida uning quyidagi bayti ham keltirib oʻtiladi:
Nest oyini muhabbbat kardan az yore gila,
Varna z-on badaxd mekardem bisyore gila.
Mazmuni: Muhabbat qoidasida yordan gina qilish yoʻq, boʻlmasa, u vafosizdan koʻp gina qilar edim.
Vafoti
Mir Qarshiy Samarqandda vafot etgan va shu shaharga dafn etilgan.
Adabiyotlar
Muhammadiyev N. „Nasaf va Kesh allomalari“ 68-bet.
Manbalar
uz.wikipedia.org