Mir Muflisiy




Mir Muflisiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida va “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olinadi. Alisher Navoiy uning yaxshi tabʼli shoir ekani, lekin keyinchalik aqli zoyil boʻlgani, qoʻli va barmoqlariga halqalar osib, doim oʻzi bilan oʻzi soʻzlashib yurishini aytadi. “Nasoyim ul-muhabbat”da Mir Muflisiyning xalq orasida koʻp karomat koʻrsatganiga oid gap-soʻz yurishi haqida maʼlumot beriladi. “Majolis un-nafois”da uning taxallusi bilan bogʻliq quyidagi bayti keltirilgan:

Xalq goʻyad Muflisiy devona shud,

Lojaram devonagi az muflisist[3].

(Mazmuni: Xalq Muflisiy devona boʻlibdi, deydi. Axir devonalikning oʻzi muflis (faqir)likdan-ku!)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz