Mir Maxdum




Mir Maxdum, Sayid Muhammad (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Qosim Anvorning xalifasi va shogirdi. Mir Maxdumning nomi “Majolis un-nafois”­ning birinchi majlisida Qosim Anvordan keyin tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Qosim Anvorga ixlos bilan xizmat qilgani, ustozi buyurgan har qanday ogʻir mehnatni sidqidildan bajargani uchun piri unga Mir Maxdum nomini berganini aytadi. Qabri Nishopur viloyatida. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Mutrib, bizan taronavu, soqiy, biyor jom

Xunash halol, on ki biguftast: “may harom”

(Mazmuni: Cholgʻuchi, tarona chal; soqiy, may tutgil, kimki “may harom” degan boʻlsa, uning qoni haloldir)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz