Mir Lavand
Mir Lavand (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qalandar kiyimida yuradigan jahongashta kishi ekani, sheʼriy isteʼdod va fazilatlardan xoli emasligini aytib, “Majolis un-nafois”da quyidagi baytini keltiradi:
Ruxashro moh guftam, shahr az guftori man pur shud,
Zi dandonash suxan guftam, dahoni man pur az dur shud.
(Mazmuni: Yuzini oy deb atadim, bu soʻzim butun shaharga tarqab ketdi. Tishlari haqida soʻzlagan edim, ogʻzim durlarga toʻldi)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org