Mir Islom Gʻazzoliy




Mir Islom Gʻazzoliy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Muhammad Gʻazzoliyning avlodidan. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning tibbiyot va hikmatda mahoratli ekani, sultonlar majlisida ishtirok etishi, tabʼi nazmini alohida taʼkidlab, Hakim Anvariyning qasidasiga yozgan javobidan bir misra keltiradi:

Chu murodi xeshro bo mulki Ray kardam qiyos[2].
(Mazmuni: Oʻz istagimni Ray mulki bilan qiyos qildim).

Shuningdek, Navoiy Mir Islom Gʻazzoliy Boysungʻur Mirzoning oʻgʻli, 1447—1448-yillarda Hirot atrofini boshqargan Alouddavla Mirzo madhida bir qasida yozgani, qasidaning barcha bayti bir xil taʼrix (abjad hisobi bilan 849-hijriy-qamariy/1445–1446-milodiy yillar)ni bildirishini aytadi. Mir Islom Gʻazzoliy Sulton Abu Said Mirzo hukmronligi davrida vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz