Mir Ibrohim




Mir Ibrohim (15-asr) – shoir, Alisher Navoiyning tutingan farzandi. Amir Kamoliddin Husaynning oʻgʻli, Shayx Bahlulning nabirasi. Navoiy “Majolis un-nafois”da uni farzandi kabi tarbiyalaganini aytib, “shohim“ va “mohim” ismlari kelib chiqadigan bir muammosini keltiradi:

Az sari mehr, ey nigori dilnavoz,

Soʻyi Ibrohimi bedil bin ba noz[2].

(Mazmuni: Ey dil oluvchi yor, mehr koʻrsatib, oshiq Ibrohim tomonga noz bilan bir qara).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz