Mir Husayn Kulankiy Buxoriy




Mir Husayn Kulankiy Buxoriy (XVI asr, Hirot) — xattot, nastaʼliq xatining yirik ustasi. Manbalarda Mir Ali Hiraviyning 7 mashxur shogirdlaridan biri deb zikr qilinadi. Abdullaxon IIning kitobdori boʻlgan. Mir Husayn Kulankiy Buxoriy nomiga „Kitobdori Sultoniy“ va „Kotibi Xoqoniy“ degan nisbalar qoʻshib yozilgan. Mir Husayn Kulankiy Buxoriyning xati bilan koʻchirilgan qoʻlyozmalardan 20 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan: xattot koʻchirgan nodir qoʻlyozmalardan biri — Ubaydullaxon asarlari toʻplami „Kulliyoti min maqolot“ (1583, inv. № 8931, OʻzFA SHIda); Saʼdiyning „Guliston“ va „Boʻston“, Jomiyning „Yusuf va Zulayho“, „Tuhfat ul-ahror“ (Rossiya milliy kutubxonasida), „Masnaviylar“ (1540—1541), Hofiz Sheroziyning „Devon“i (Pokistonning Haydarobod shahri universiteti kutubxonasida) va boshqalar.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz