Mir Hoshimiy




Mir Hoshimiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning temirchilik kasbi bilan birga ilm olish bilan ham mashgʻulligi, yaxshi sheʼriy tabʼi borligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Xusham z-on roʻki, tirash dar dili noshod jo dorad,
Ki, xohad yodi man kard az xadangi xud chu yod orad[2].

(Mazmuni: Shundan xursandmanki, otgan oʻqi noshod koʻnglimga jo boʻldi, endi oʻz oʻqini qidirganida meni ham yodiga oladi).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz