Mir Hoj
Mir Hoj (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning zamona ulugʻlaridan boʻlsa-da, ilm olishni tark etmagani, yaxshi sheʼriy tabʼi borligi haqida maʼlumot beradi.
Mir Hoj koʻproq qasida janrida shuhrat qozongan, baʼzan gʻazal ham yozib turgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Agar dar goʻshai gʻam dur az on siymin badan miram,
Xalal dar kori ishq oyad, hamon roʻze, ki man miram[2].
(Mazmuni: Agar gʻam burchagida ul kumush tandan uzoqlikda oʻlib qolgudek boʻlsam, oʻlgan kunimning oʻzidayoq ishq ishiga xalal yetadi).
Manbalar
uz.wikipedia.org