Mir Haydar Majzub




Mir Haydar Majzub (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xuro­sonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning “Darvozayi Xush toshida Imom Faxr mozori boshida” oʻtirishini, yigitligida tahsil chogʻida unga jazba yetib, ahvolida oʻzgarish sodir boʻlgani, baʼzan oʻziga kelib, turli sohalarda ilm ahli bilan bahslashganda, hamma uning bilimiga tan berishi haqida yozadi.

“Majolis un-nafois”­da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Lab-u dandoni on mah bo chi monad?
Chu qande bar birinji dona-dona[2].

(Mazmuni: Ul oyning lab va tishlari nimaga oʻxshaydi? Xuddi qand dona-dona guruch ustida turgandek).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz