Mir Habibulloh




Mir Habibulloh (15-asr) – xurosonlik fors shoiri va sozanda, Mir Sadrning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning ud musiqa asbobini chalishga ragʻbati borligini aytib, musiqa ilmida kamolga yetishiga umid bildiradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Az chi dar shomi gʻamat olam ba chashmam shud siyoh,
Gar namurd az sarsari oham charogʻi mehru moh?[2]

( Mazmuni : Agar ohim yelidan quyosh bilan oyning chirogʻi oʻchmagan boʻlsa, nima uchun gʻaming tunida butun olam koʻzimga qop-qorongʻu koʻrindi?)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz