Mir Buzurg va Mir Xurd




Mir Buzurg va Mir Xurd – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan aka-uka hindistonlik tasavvuf shayxlari. Paygʻambar avlodidan boʻlganliklari uchun ularni “Sodoti nuhta” nomi bilan ham atashgan. Ular dastlab Kobul viloyatining Lahugar tumanida yashaganlar. Bir kechada paygʻambar Muhammad (s.a.v.)ni tushlarida uch marta koʻrib, ularga bu shaharni tark etishni amr etganlaridan keyin Dehliga kelib, muqim boʻlganlar. Mir Xurdning asl ismi Mavlono Badriddin Isʼhoq boʻlib, Shayx Farididdin Shakarganj haqida “Asror ul-avliyo” manoqibini yozgan. “Nasoyim ul-muhabbat”ga ushbu shayxlar bilan bogʻliq fasl Alisher Navoiy tomonidan qoʻshilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz