Mir Arab oliy madrasasi




Koordinatalari: 39°48′09″N 64°32′17″E / 39.80250°N 64.53806°E / 39.80250; 64.53806 G O

Mir Arab oliy madrasasi  — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ilk va yagona oliy madrasa. Bahouddin Naqshband majmuasi hududida (Oʻzbekiston, Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qasri Orifon qishlogʻida) joylashgan.

Madrasa Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan. Madrasaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Oʻtkir Hasanboyev va Buxoro viloyatining hokimi Oʻktam Barnoyev qatnashganlar.

Mir Arab oliy madrasasi va Turkiya Respublikasining 4 ta nufuzli universitetlari (Ibn Haldun universiteti, Istanbul Sabahattin Zaim universiteti, Istanbul universiteti, Kastamoniy universiteti) oʻrtasida taʼlim sohasida hamkorlik qilish yoʻlga qoʻyilgan.

2021-yili Mir Arab oliy madrasasida ilk bitiruvchilarga bagʻishlangan bitiruv kechasi (xatnoma) boʻlib oʻtdi. Madrasani bitirgan ilk qaldirg’ochlarning bir nechasi Oʻzbekistonning turli nufuzli universitetlarining magistratura bosqichiga qabul imtihonlarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarda qabul qilinganlar.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz