Mir Ahadulloh




Mir Ahadulloh (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan balxlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning tahsil olish uchun Hirotga kelgani, yaxshi sheʼriy tabʼga ega ekanligini aytib “Porso” ismiga bitilgan bir muammo va quyidagi baytini keltiradi:

Ey shabi gʻam, dur az on shamʼi jamolam soʻxti,

Solho dar vaʼdayi roʻzi visolam soʻxti[2].

(Mazmuni: Ey gʻam tuni, ul shamdan uzoqda mening jamolimni kuydirding; yillar visol kunini vaʼda qilib, meni yondirding).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz