Mioma




Mioma (mio... va yun. ota — oʻsma maʼnosini anglatuvchi qoʻshimcha) — muskul toʻqimasidan vujudga keladigan xavfsiz oʻsma; tarkibida muskul elementlari bor. Silliq muskul toʻqimalaridan paydo boʻladigan leyomioma va koʻndalang targʻil muskullardan rivojlanadigan rabdomioma ajratiladi. Asosan, bachadon (fibromioma), meʼda, ichak va boshqa aʼzolarda uchraydi. Mioma kishini ortiqcha bezovta qilmasligi ham mumkin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz