Mintaylar




Mintaylar (Theragra) — treskasimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Uz. 40—55 sm, vazni 1,5 kg gacha, tanasi choʻziq, orqa suzgichlari 3 ta, anal suzgichlari 2 ta, dum suzgichi qisman 2 boʻlakka boʻlingan. Uzoq Sharq mintayi Tinch okeanning shim. qismidagi Bering boʻgʻozidan boshlab Koreyaga va Shimoliy Kaliforniyagacha boʻlgan dengizlarda 500–700 m chuqurlikda yashaydi. 3—4 yilda jinsiy voyaga yetadi. Bahorda Koreya, Saxalin, Kamchatka sohillari yaqinida uvildiriq tashlaydi. Ikrasi mayda va pelagik boʻladi. Qisqichbaqasimonlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Koʻpsonli, koʻplab ovlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz