Minor masjidi




Koordinatalari: 41°19′25.15″N 69°14′14.32″E / 41.3236528°N 69.2373111°E / 41.3236528; 69.2373111 G O

Minor masjidi  — Toshkent shahrida yangi qurilgan masjid Masjidning qurilish ishlari 2013-yil yoz oylarida boshlangan. 2014-yilning 1-oktyabrida, musulmonlarning katta Qurbon hayiti bayramida Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov yangi Minor masjidini ochib berdi. Masjid binosi anʼanaviy sharq va oʻzbek uslubida qurilgan boʻlib, ikki minorasi va osmonrang bir gumbaz bor. Masjidning ichi esa naqsh tarzida bezatilgan. Masjid 2400 dan ortiq odamlar uchun moʻljallangan. Ochilganidan soʻng „Minor“ masjidi Toshkentda va butun Oʻzbekiston boʻylab eng yirik musulmon diniy markazlaridan biriga aylandi. Masjidning qurilishi davlat byudjeti va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Masjidda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. U barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.

Imom xatiblar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz