Minions 2




Minions: The Rise of Gru (tarjimasi Minionlar: Gruning yuksalishi; ayrim manbalarda Minionlar: Gruvitatsiya ) 2022-yili ekranlarga chiqarilgan komediya janridagi 3D formatdagi kompyuter-animatsion film boʻlib, Illumination studiyasi tomonidan ishlangan hamda Universal Pictures tomonidan tarqatilgan. 2015-yilda ishlangan Minionlar filmining davomi, Yaxshi boʻlish osonmi franshizasining esa beshinchi toʻliq metrajli filmi hisoblanadi. Filmda bosh qahramonlarga Steve Carell (Gru sifatida), Pierre Coffin (Minionlar), Taraji P. Henson, Michelle Yeoh, RZA, Jean-Claude Van Damme, Lucy Lawless, Dolph Lundgren, Danny Trejo, Russell Brand, Julie Andrews va Alan Arkin ovoz bergan.

Minions: The Rise of Gru premyerasi AQShda 2022-yil 1-iyulda boʻldi. Film umumjahon boʻylab $470 million jamgʻardi va 2022-yilning 6chi eng kassabop filmiga aylandi.

Mazmuni



Multfilm voqealari 1970-yillarda sodir boʻladi. Unga koʻra, superyovuz boʻlish orzusidagi 12 yoshli Gru „Vicious 6“ („Yovuz oltilik“) tashkilotiga aʼzo boʻladi. Buning uchun u minyonlarini yordamga chaqiradi.

Ovoz berganlar




Musiqasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz