Mingoyim madrasasi




Mingoyim madrasasi (katta yoʻlning ikki chetiga qurilgani uchun Qoʻsh madrasa deb ham ataladi; 1802-yilda qurilgan) — Imomqulibiy otaliqning qizi, Norboʻtabiyning ayoli, Qoʻqon malikasi Faxrunniso oyim tomonidan barpo ettirilgan madrasa. Chorsu maydonining sharqiy tomonida, Alisher Navoiy koʻchasining boshlanish qismidan joylashgan edi. Xon madrasasi turkumiga kiradi. Islomxoʻja domla Imomxoʻja oʻgʻli bosh mudarrislikka tayinlangan. 81 ta hujra, 200 nafar talaba, 24 nafar mudarris boʻlgan. 1918-yilda vayron boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz