Mingchuqur g`ori




Mingchuqur gʻori  — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi gʻor. Boysun tizmasi tarkibidagi Hojibuzbarak togʻining shimoli-gʻarbiy yon bagʻrida, Machay daryosi vodiysida joylashgan. Yura davri gips qatlamlarida hosil boʻlgan. Gʻorga kirish qismining eni 27 m dan ziyod, balandligi 12 m. Bir qancha xonalar va yoʻlaklardan tashkil topgan gʻorning ichki tuzilishi murakkab. Ularning eni 6-8 m dan 10-18 m gacha, balandligi 1-2 m dan 10-12 m gacha. Sahnida shipi va devorlaridan qulab tushgan turli kattaliqdagi tosh parchalari uchraydi. Gʻorning umumiy uz. 230 m, maydoni 680 m2, hajmi 1350 m3 dan ziyod.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz