Mingbuloq tog'i




Mingbuloq togʻi  — Qorjontov tizmasi tarkibi (Toshkent viloyati)dagi togʻ. Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston chegarasida joylashgan. Balandligi 2823 m gacha, Qorjontov tizmasining eng baland joyi hisoblanadi. Togʻ kuchli parchalangan. Alp tipidagi relyefga ega. Yuqori paleozoy davrining intruziv va metamorfik jinslaridan tuzilgan. Jigarrang tuproqlarda siyrak archazorlar va turli oʻtli bugʻdoyiqzorlar tarqalgan. Alpinist va togʻ sayyoxdarining balandlikka koʻtarilish boʻyicha mashq qiladigan joyi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz