Ming bir qiyofa




„Ming bir qiyofa“ — oʻzbek yozuvchisi Omon Muxtor qalamiga mansub roman. 1994-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot matbaa-konsernining bosh tahririyatida chop etilgan. Roman bir qarashda bir-biriga bogʻliq boʻlmagan uch hikoyatdan iboratdir.

„Ming bir qiyofa“ oʻzbek romanchiligida katta yangilik boʻlgan. Asar stilistik jihatdan Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz yili“, Mixail Bulgakovning „Usta va Margarita“ hamda Franz Kafkaning „Jarayon“ romanlariga qiyosalanadi.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Z. A. Mirzahakimova – muharrir, Aziz Umarov – rassom, M. M. Aʼlamov – badiiy muharrir, L. Yu. Xijova – texnik muharrir, Yu. T. Bizaatova – musahhih. Kitob adadi – 50 000 nusxa.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz