Minbar




Minbar (arabcha: منبر) — 1) masjidlarda imom vaʼz aytishi uchun mehrob yoniga ishlangan zinali supa. Minbar tosh yoki yogochdan ishlanib, naqshlar bilan serhasham bezatilgan. Masalan, Tillakori madrasasidagi mayejidsa toshdan yasalgan minbar saqlangan; 2) jamoat majlislarida notiq nutq soʻzlaydigan maxsus moslama, kafedra. Yunoniston va Qadimgi Rimda faylasuflar, notiqlar vaʼz aytadigan joy sifatida vujudga kelgan. Shaharning yirik (bosh) maydonlarida ham minbarlar qurilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz