Minamimaki (Nagano)
Minamimaki (yaponcha: 南牧村 Minamimaki-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra qishloqda jami 1091 ta xonadonda 2924 nafar aholi istiqomat qilgan hamda aholi zichligi har kvadrat kilometrga 22 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 133,09 kvadrat kilometr (51,39 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi
Minamimaki qishlogʻi togʻli sharqiy Nagano prefekturasida, oʻrtacha 1000 va 1500 metr balandlikdagi yerlarida joylashgan boʻlib, janubda Yamanashi prefekturasi bilan chegaradosh. Janubiy Yatsugatake vulqon guruhi qisman shu qishloq hududida qad rostlagan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Iqlimi
Qishloq nam kontinental iqlimga ega boʻlib, yozi issiq va nam, qishi esa kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Minamimakidagi oʻrtacha yillik harorat 7.2 °C (45.0 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,432.4 mm (56.39 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 19.5 °C (67.1 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −5.3 °C (22.5 °F) atrofida boʻladi.
Tarixi
Hozirgi Minamimaki hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Zamonaviy Minamimaki qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan.
Demografiyasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Minamimaki aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Siyosat va hukumat
Saylovlar
2007-yil Minamimaki merligiga saylovlar boʻlib oʻtgan edi.
Transporti
Temir yoʻl
Magistral yoʻl
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org