Mimoza




Mimoza (Mimosa) — burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Qoʻsh patsimon murakkab bargli va mayda gulli (toʻpguli kallak yoki boshoqsimon) oʻt, liana, buta va daraxtlardan iborat. Mevasi yupqa pardali yoki etli dukkak. Pishganida, odatda, boʻlaklanib ketadi. Tropikada, asosan, Amerikada, 450—500 turi bor. Koʻpincha, gulzorlarda "uyatchang" M. oʻstiriladi. Uyatchan M. barglari kechasi yoki unga qoʻl tegishi bilan juftjuft boʻlib yumilib, bir ozdan soʻng yana ochiladi (nomi shundan olingan).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz