Milutin Osmajić
Milutin Osmajić (1999-yil, 25-iyulda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, Ispaniyaning Cadiz klubdan ijara asosida Portugaliyaning Vizela klubida va Chernogoriya terma jamoasida futbol oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Osmajić oʻz faoliyatini FK Sutjeska Nikshicda boshlagan va 2018-yilning mart oyida klubning asosiy jamoasi safida debyut qilgan. U oʻz jamoasiga 2018-19-yilgi Chernogoriya Birinchi ligasida gʻalaba qozonishiga yordam bergan, shuningdek, 2020-21-yilgi mavsumda 13 gol bilan klubning ikkinchi eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
2021-yil, 9-iyulda Osmajić La Liganing Cádiz CF klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U yuqori darajadagi debyutini 14-avgust kuni Anthony Lozano oʻrniga 70-daqiqada Levante UD klubiga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda maydonga tushgan.
2022-yilning 31-yanvarida Osmajić Turkiyaning Bandırmaspor klubiga iyungacha ijaraga berilgan. 10-avgust kuni u Portugaliya Primeira Ligasi vakilli FC Vizela klubining bilan bir yillik ijara shartnomasiga rozi boʻlgach, yana jamoa va mamlakatlarni almashtirdi.
Xalqaro faoliyati
Osmajić Chernogoriya terma jamoasi safida debyutini 2020-yilning 11-noyabr kuni Qozogʻistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
2020-yil, 11-noyabr holatiga ko'ra
Yutuqlari
Sutjeska Manbalar
uz.wikipedia.org