Milosh Velkovich
Miloš Veljković (talaffuzi: Milosh Velkovich; 1995-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — „SV Werder Bremen“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Shveysariyada tugʻilgan, Serbiya terma jamoasi aʼzosi.
Klublardagi faoliyati
Erta martaba
Ota-onasi serb boʻlgan Veljković Shveysariyaning Basel shahrida tugʻilgan. Professional futbolchilik faoliyatini Shveysariyaning Basel jamoasida boshlagan.
Tottenham Hotspur
Miloš Veljković Tottenhamga 2011-yilda Baseldan kelib qoʻshilgan edi. Premer-ligadagi debyutini 2014-yilning 8-aprelida Sanderlendga qarshi o‘yinda o‘tkazgan, 88-daqiqadan so‘ng Paulinhoning o‘rniga maydonga tushgan (5:1).
Veljković 2014-yil 16-oktyabrda Chempionshipda Midlsbroga uch oyga ijaraga berilgandi.
2015-yilning 20-yanvarida Veljković mavsum oxirigacha ijara asosida Charlton Athleticga o‘tdi. Biroq, Veljković Charlton safidagi uchinchi oʻyinida yelkasidan jarohat oldi.
Werder Bremen
Veljković 2016-yilning 1-fevralida Werderga o‘tib, 300 ming yevro evaziga uch yarim yillik shartnoma imzoladi. 2016-yilning 24-sentyabrida u 2016-17-yilgi mavsumning 5-turida VfL Wolfsburgga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, klubning mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Lamine Sane oʻyinga tayyorgarlik paytida tizzasidagi muammolar tufayli maydonni tark etganidan keyin Veljković 90 daqiqa markaziy himoyachi sifatida oʻynadi.
U 2018-yilning iyun oyida klub bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi.
2022-yilning iyunida, Werder Bremen 2021-2022-yilgi mavsumda Bundesligaga qaytganidan soʻng, Veljković klub bilan yana bir shartnoma imzoladi, xabarlarga koʻra, 2025-yilgacha.
Xalqaro faoliyati
Veljković Shveysariyada tugʻilgan, dastlab Shveysariya U16 ning vakili boʻlib, keyinchalik Serbiyaga oʻtgan. 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan Serbiya U19 jamoasida oʻynagan. 2015-yilning yozida Serbiya terma jamoasiga oʻtadigan Oltin avlod tarkibida Serbiya U20 terma jamoasi safida FIFA U-20 Jahon chempionatida gʻolib chiqdi.
Veljković Serbiya terma jamoasida 2017-yilning 11-noyabr kuni Xitoyga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgandi.
2018-yil iyun oyida 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun 23 kishilik yakuniy tarkibga kiritildi va u yerda Braziliyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
Faoliyat statistikasi
Klublarda
15-may, 2022-yil[16]
Terma jamoada
12-iyun, 2022-yil [17]
Yutuqlari
Serbiya Individual Manbalar
uz.wikipedia.org